"Dinamo" futbolchisi boshqa jamoaga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025
"Dinamo" himoyachisi Manuchehr Safarov Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qaytdi.

Tojikiston terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi o'zi 2021 yilda o'ynagan Dushanbening "Istiqlol" jamoasi safiga o'tdi.

U Vadim Abramov qo'l ostidagi "Dinamo" tarkibida bor-yo'g'i 2 ta o'yinda qatnashdi.

Safarov faoliyati mobaynida "Lokomotiv", "Neftchi" va "Persepolis" jamoalarida ham harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Истиқлол" матбуот хизмати