

Bugun Samarqand shahridagi 10-sonli mehribonlik uyida Professional futbol ligasi Muxlislar bilan ishlash va ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish bo'limi xodimlari tomonidan uchrashuv tashkil etildi. Unda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Samarqandning “Dinamo” jamoasi a'zolari – Jasur Azimov hamda Mirkomil Loqaev bilan uchrashishdi.
Tadbir davomida bolajonlar ushbu futbolchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Shuningdek, bolalar uchun kichik master-klass ham uyushtirildi. Tadbir yakunida esa mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga maxsus sovg'alar ham taqdim etildi.





