"Dinamo" - "Everton" bahsida muxlislar tashrifi bo'yicha Yevropa Ligasi rekordi o'rnatildi

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2015
Kecha Yevropa Ligasi 1/8 final doirasida bo'lib o'tgan "Dinamo Kiev" - "Everton" o'yinida tomoshabinlar tashrifi bo'yicha rekord o'rnatildi.
Ob-havo sovuqligiga qaramasdan Kievning "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tgan o'yinga 67 533 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

Bundan avvalgi rekord esa "Ayaks" - MYU bahsida kuzatilgan bo'lib, ushbu o'yinga 67 328 nafar muxlis stadionga kelgandi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net