

Samarqand futboli tarbiyalanuvchisini qo'llab-quvvatlash maqsadida Dinamo ham ushbu akciyaga qo'shilgan. Jamoamiz 5-tur doirasidagi Qo'qon-1912 - Dinamo uchrashuvida #BizSenBilanSiroj yozuvli futbolkalarda maydonga tushgan edi.
15 aprel, shanba kuni 6-tur doirasidagi Dinamo - Buxoro o'yinida ham Dinamo stadionida Siroj Samarqand sen bilan xayriya akciyasi o'tkaziladi. Shu kuni o'yingoh darvozasi oldida qutilar tashkil etilib, muxlislardan tushgan pul Dinamo sobiq futbolchisiga etkaziladi.
Futbolchilik faoliyati davomida samarqandlik minglab muxlislarni o'z o'yinlari bilan xursand etgan Sirojiddin Sayfievning bugungi taqdiri Dinamo jamoasining hech bir ishqibozini bee'tibor qoldirmasligiga ishonamiz.
Siroj, Samarqand sen bilan!



