"Dinamo": "Bunyodkor" bilan o'yinga boradigan muxlislar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
19 apr 2017, 12:20
Dinamo jamoasini har o'yinda qizg'in qo'llab-quvvatlayotgan samarqandlik futbol ishqibozlari Oliy Liga 7-turi doirasida Toshkentga borishadi.

Xabaringiz bor, ayni damda Oliy Ligada peshqadamlar safida borayotgan jamoamizning ijobiy natijalarida muxlislarning ham hissasi beqiyos. Ishqibozlar Dinamoni qizg'in qo'llab-quvvatlashda davom etishadi.

7-tur doirasida Dinamo 20 aprel kuni poytaxtda Bunyodkor jamoasi mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinga borishni rejalashtirgan jamoa muxlislari, payshanba kuni soat 8:30 da Dinamo stadioni oldidan avtobusda Toshkentga jo'nab ketishlari ko'zlanmoqda. Jonajon jamoamiz Dinamoni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan muxlislarni ham ushbu bahsga borishga chorlab qolamiz.

Batafsil ma'lumot uchun, muxlislar faoli Shavkat Burhonovga (+998 97 920 24 40) murojaat etishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, Bunyodkor - Dinamo uchrashuvi 20 aprel, payshanba kuni soat 18:00 da Bunyodkor stadionida boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz