"Dinamo" 2006 yildan buyon oliy ligani g'alaba bilan boshlay olmayapti

Narzulla Saydullayev
21 mar 2014
2014 yilgi oliy liganing dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda Samarqandning "Dinamo" klubi safarda "Nasaf"ga qarshi maydonga tushib 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

E'tiborlisi, "Dinamo" oxirgi marta 2005 yilgi mavsumning ilk turida g'alaba qozongan ekan. Shundan so'ng 9 yil davomida Samarqand klubi dastlabki turda uch ochkoni qo'lga kirita olmagan.


2005 yil
"Lokomotiv" - "Dinamo" 0:1

2006 yil
"Paxtakor" - "Dinamo" 3:0

2007 yil
"Qizilqum" - "Dinamo" 2:1

2008
"Nasaf" - "Dinamo" 1:0

2009
"Dinamo" - "Bunyodkor" 0:1

2010
"Dinamo" - "Xorazm" 1:1

2011
"So'g'diyona" - "Dinamo" 0:0

2012
"Dinamo" - "Nasaf" 0:2

2013
"Neftchi" - "Dinamo" 1:0

2014
"Nasaf" - "Dinamo" 1:0

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia