Din Xenderson "Manchester Yunayted"dan ketishga tayyor

Alisher
16 dek 2021
"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson qishki transfer oynasidayoq klubni tark etishga tayyor.

Xenderson ko'proq o'yin amaliyoti olishni xohlaydi. Uning aynan qachon ketishi taklifga bog'liq bo'ladi.

Shu bilan birga Romanoning ma'lumotiga ko'ra, Din Xenderson "Ayaks" bilan muzokaralar olib bormayapti. Oldinroq OAVda 24 yoshli darvozabon va "Ayaks"ni bog'lash boshlangan edi.

Din Xenderson 2021/2 yilgi mavsum MYUning birinchi jamoasida atigi 2ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano