Dilyaver Vaniev: "Mag'lubiyatlar uchun mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman va rahbariyatdan iste'fo so'rayman"

22 okt 2020, 18:58
Biroz avval Coca Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga etdi (1:2). O'yindan keyin mezbonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Ketma-ket oltita mag'lubiyatda barcha mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman va klub rahbariyatidan iste'fo so'rayman. "Paxtakor" bilan o'yinga jamoani kim tayyorlashini rahbariyat hal qiladi. 

Bugun yigitlarga ishongandim, ammo ko'rdimki ularda pasayish kuzatilmagan, futbolchilar qandaydir ruhiy o'raga tushib qolishgandek". 

- Jamoa hozirgi vaziyatdan qanday chiqib ketishi kerak, deb o'ylaysiz? 

- Faqat mehnat qilib, boshqa yo'l yo'q. Bundan tashqari keyingi o'yin oldidan ko'plab futbolchilar diskvalifikaciyaga uchrashdi.

- Omadsiz natijalardan keyin muxlislarning etirozlarini ham eshitdingizmi? 

- Bu mutlaqo normal holat. To'g'ri yoqimsiz, ammo buni to'g'ri qabul qilaman. Tashkilotchilik borasida hech qanday muammo bo'lmadi, buning uchun rahbariyatga rahmat. Ha, kichik muammolar bo'ldi, yashirmayman. Ammo hozirgi moliyaviy holatda bunchalik sharoit yaratishni hamma ham eplay olmaydi. 

- Sizningcha penalti bormidi? 

- Jarima maydonchasi ichida ehtiyot bo'lish shart. Aslida oldinroq yaxshiroq o'ynab ijobiy natijani qo'lga kiritsak bo'lardi. Demak ,murabbiylik malakam shunday ekan.



Manba: championat.asia