

Dilshod Xaydarqulov (Dinamo futzal jamoasi bosh murabbiyi): "Uchrashuv kutilganidek qiyin o'tdi. BMB o'tgan mavsum oltin dubl qayd etgan. Shu sabab asosan qarshi hujumda harakat qildik. Yosh tarkibimiz bilan chempion jamoa bilan bunday o'ynash - g'alabaga teng. Bu mavsum "Dinamo" Oliy ligada jiddiy maqsadlarni ko'zlagan".



