Dilshod Irsaliev: "Maqsadimiz - "Do'stlik-AIN"ni engib birinchi o'ringa ko'tarilish"

Tolibjon Qosimov
20 yanv 2017
Bugun futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 1 bosqich 3-turning uchinchi kun bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Kunning dastlabki o'yinida amaldagi chempion "Olmaliq" "Paxtakor"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (7:0). Uchrashuvda dubl qayd etgan Dilshod Irsaliev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uchrashuvlarda g'alaba qozonib raqobatni engib o'tishga harakat qilayapmiz. Bugungi o'yinning oxirgi 5 daqiqasida o'ynovchi darvozabon bilan chiqib o'ylagan taktikalarimizni amalga oshirdik.

"Do'stlik-AIN"ga qarshi ertangi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, madsadimiz raqibni engib birinchi o'ringa ko'tarilib olish. Chunki, oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilgan", - deydi Dilshod Irsaliev.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia