

Shiddatli kechgan uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi (1:1). Ushbu bahsdan so'ng "Obod" jamoasi darvozaboni Dilshod Hamroev o'yin haqida fikr bildirdi.
"Biz uchun "Paxtakor"ga qarshi qiyin uchrashuv bo'lishini bilib turgandik. Shunga qarab mashg'ulotlarda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. "Andijon" qanday o'yin ko'rsatishi bizni qiziqtirmasdi. Biz o'z o'yinimizda ochko olishimiz kerak edi. Durang natija ham biz uchun muhim edi", - deydi "Obod" jamoasi posboni Dilshod Hamroev.
Jahongir Sotvoldiev


