Dijon va Marsel tumanga mag'lub bo'lishdi FOTO

Narzulla Saydullayev
10 dek 2016
Fransiya chempionatining 17-turidan o'rin olgan Dijon va Marsel uchrashuvi ob-havo tufayli bugunga qoldirildi.

Dijondagi kuchli tuman tufayli bahs bir kunga qoldirildi. Bahs bugun, 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da bo'lib o'tadi.

17-turdan oldin Marsel 21 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda, Dijon 16 ochko bilan 15-pog'onada.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GFFN