Diego Simeone: "Vinisius bemalol "Oltin to'p"ni yuta oladi"

Mirjalol Normatov
2 iyun 2023
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Kilian Mbappeni Vinisius Juniordan ko'ra kuchliroq deb hisoblaydi.

- Vinisius yoki Mbappe?

- Vinisiusning o'yinini tomosha qilib, uni bemalol "Oltin to'p"ni olishiga ishonyapman, biroq men Mbappeni tanlayman. 100 foiz.

Agarda Xoland va Mbappe deyilsa ham Mbappeni tanlardim. U barcha ishni to'g'ri qiladi.

U bilan shartnoma imzolay olmaymiz, chunki "Real" doimo eng yaxshilarini yig'ib keladi. Agarda Mbappe "Real"ga o'tsa, Messi "Barselona"ga qaytsa, LaLiga uchun fantastika bo'lardi, - dedi Simeone.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: COPE