Diego Simeone "Atletiko"ga chempionlik uchun nima etishmayotganini aytdi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2020
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Real Sosedad" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (2:0) chempionatdagi yetakchilik haqida gapirdi.

“Biz favoritmizmi? Siz meni bilasiz. O'ylaganimni takrorlayman: har bir keyingi uchrashuv biz uchun muhim. Biz yaxshi ishlayapmiz, ammo buni "Xetafe"ga qarshi o'yinda tasdiqlashimiz kerak.

"Atletiko"ga chempionlik uchun nima etishmayapti?  25 ta uchrashuv", – dedi Simeone.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca