Diego Godin Argentina klubi bilan shartnoma imzoladi

Administrator
28 iyun 2022
"Atletiko Mineyro"ning urugvaylik himoyachisi Diego Godin boshqa jamoaga o'tdi.

Argentinaning "Veles Sarsfild" klubi Diego Godin bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bitim 2023 yilning oxiriga qadar davom etadi. 

36 yoshli Diego Godin Ispaniyaning "Atletiko" va Italiyaning "Inter" klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan. Urugvay terma jamoasi safida 159 ta o'yin o'tkazgan.

Bu yil Godin "Atletiko Mineyro" tarkibida 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


AdministratorMuallif
Manba: velez.com.ar