Dide Deshamning Fransiya termasidagi kelajagi aniq bo'ldi

Administrator
10 iyul 2024
Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi rahbari ma'lum qildi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham o'z lavozimida qoladi. Murabbiy qo'l ostida Fransiya termasi Evro-2024 yarim finalida Ispaniyaga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgandi. Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Filipp Diallo murabbiy o'z lavozimida qolishini ma'lum qildi.

"Deshamning kelajagi borasida shubhalanishga arziydigan sabab ko'rmayapman. Avvalgi natijalar uning foydasiga xizmat qilmoqda, maqsadlarga erishilgandi. Dide ishlashda davom etadi", -deydi Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Filipp Diallo.


AdministratorMuallif
Manba: RMC Sport