Dide Desham: “Riberini yo'qotib, Jahon darajasidagi futbolchidan ayrildik, lekin Fransiyada boshqa futbolchilar ham bor”

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2014, 11:51
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Yamayka bilan o'rtoqlik uchrashuvi(8:0) va Frank Riberi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Sakkizta gol urish oson emas. Yamaykani autsayderlar safiga qo'shishyapti. Ammo bunday emas.

Bu uchrashuvda o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni yanada oshirib oldik. Jahon chempionatiga tayyorgarlikni  shunday yakunlash bu juda ajoyib. Riberiga keladigan bo'lsak, biz u siz ham o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdik. U jahon darajasidagi futbolchi. Riberisiz bizga qiyin bo'ladi, ammo bizda boshqa futbolchilar ham bor”,  - deydi Desham.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru