Dide Desham: "Pley-offda Portugaliya yoki Shvetsiyaga qarshi o'ynamasak deyman"

Narzulla Saydullayev
13 okt 2013
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2014 saralashi pley-off bosqichida qaysi raqiblarga qarshi o'ynamaslikni maqul ko'rishini aytib o'tdi.
- Hozir Portugaliya bilan o'ynashni istayman desam yolg'on bo'ladi. Bu Shvetsiyaga ham tegishli. Portugaliya va Shvetsiya haqida gapirsak ko'z oldimizga Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibragimovich keladi. Ikkalasi ajoyib futbolchilar. Biroq menimcha bizga raqiblik qiladigan jamoaga ham oson bo'lmaydi, - deydi Desham Reuters axborot agentligiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net