Dibala "Roma" bilan shartnoma imzolaydi (Fabricio Romano)

Alisher
18 iyul 2022
Argentinalik hujumchi Paulo Dibala "Roma" bilan shartnoma imzolaydi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Argentinalik 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

O'yinchining o'tishiga "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu sababchi bo'ldi. Portugaliyalik o'yinchiga qo'ng'iroq qildi va klub qurayotgan loyiha haqida gapirdi. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilish bosqichida.

Eslatib o'tamiz, Dibala o'tgan mavsum so'nggida erkin agent maqomida "Yuventus"ni tark etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano