Dibala Federer haqida: "Rojer men uchun ideal tennischi. Unda uslub bor"

Alisher
22 okt 2020
Turinning "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala tennis haqida gapirdi.

"Bolaligimda televizorni to'xtovsiz ko'rganman. Eng ko'p futbol bo'lgan, keyin - tennis. Federerga doim qoyil qolganman. Roder men uchun ideal tennischi.

Uning uslubi bor, ko'plar unga o'xshashni xohlashadi. Uning o'yinlarini o'tkazib yubormaslikka harakat qilaman, sababi Federer meni tennisni sevishga undaydi", - deydi Dibala.

Futbolchi joriy mavsum "Yuventus" safida 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Baseline