Dibala bugun "Roma"ga qarshi o'yinni va YCHL bellashuvini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
17 okt 2021, 17:28
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala katta ehtimol bilan "Zenit"ga qarshi YCHL guruh bosqchi uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

TMW xabariga ko'ra, bugun "Roma" bilan bo'ladigan bellashuvni argentinalik futbolchi o'tkazib yuborishi aniq. "Zenit"ga qarshi o'yinda Paulo maydonga tushishi ham deyarli imkonsiz deb qaralmoqda. 

Dibala "Inter" bilan bo'ladigan o'yinga safga qaytishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru