Dias "Bavariya"ga 75 mln evro evaziga o'tmoqda, tomonlar barchasini kelishib olishdi. "Liverpul" vingeri 4 yillik shartnoma imzolaydi

Alisher Ostonov
27 iyul 2025
Luis Dias "Bavariya"ga o'tmoqda.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, myunxenliklar "Liverpul" bilan kolumbiyalik vinger transferi borasida kelishib olgan. Transfer summasi 75 mln evroni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, "Liverpul" Diasga "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat bergan. Futbolchi Bundesliga klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano