Dialloga ikki ingliz jamoasi qiziqmoqda

22 avg 2021, 09:56
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Amad Diallo jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchini bir qator klublar ijaraga olish niyatida. Asosiy davogarlar “Kristal Pelas” va “Sheffild Yunayted” klublari yosh futbolchining xizmatidan foydalanishmoqchi.

KotD Ivuarlik futbolchi APL ishtirokchisi bo'lgan jamoada to'p tepish niyatida. Ammo futbolchi hali yakuniy qarorga kelgani yo'q.

O'tgan mavsumda Diallo APL doirasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Журналист Фабрицио Романо