

"Di Mariya bu hafta qolganlar bilan birga shug'ullandi. Ammo u o'zining optimal formasida emas. Uni zahira o'rindig'idagi futbolchilar qatoriga kiritaman. Falkao ham mashg'ulotlarda yomon o'ynamayapti. Shu sababli uni asosiy tarkibda ko'rishimiz mumkin. Balki zahirada ham", - deydi Van Gaal.



