Di Mariya Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2023
Yarim himoyachi Amerika Kubogi-2024 dan so'ng terma jamoa bilan xayrlashadi.

Argentina terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Anxel Di Mariya terma jamoadagi faoliyatini tez orada yakunlashini e'lon qildi, deb xabar berdi Fabricio Romano.

35 yoshli Di Mariya uchun terma jamoa bilan xayrlashuv turniri kelasi yozda bo'lib o'tadigan Amerika Kubogi 2024 bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Anxel Di Mariya Argentina terma jamoasi tarkibida 2008 yili debyut qilgan va 136 ta o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia