Deyan Jurjevich Suriya - Janubiy Koreya uchrashuvini kuzatmoqda

Nadirkhuja Yuldashev
6 sen 2016, 17:21
O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Deyan Jurjevich ayni damda Malayziyada bo'lib turibdi.

Serbiyalik mutaxassis O'zbekiston terma jamoasi joy olgan JCH-2018 uchinichi saralash bosqichi "A" guruhi bahsi, Suriya - Janubiy Koreya o'yinini kuzatmoqda.


Ushbu jamoalar o'rtasidagi 2-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlangan. Bahs Suriyadagi notinch vaziyat tufayli, Malayziyada o'tkazilmoqda.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia