Devid Plit: “Beyl “Real”da o'ynash uchun xali ancha yoshlik qiladi”

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2013, 11:39
“Tottenxem” klubining sobiq bosh murabbiyi Devid Plit, “Pixlilar” yarim himoyachisi Garet Beylning “Real” tarkibiga o'tishi mumkinligi xaqidagi xabarga o'z fikrini bildirdi.
“Unga u yerda oson bo'lishiga shubham bor. Ko'pchilik britaniyalik futbolchilar, horij klublariga o'tganda muvafaqiyatsizlikka uchrashgan. Faqat bitta-ikkitasigina muvafaqiyatli o'ynagan xolos. Ko'pchilik futbolchilar esa chet elda qiyinchiliklarga uchrashgan”.

“U bunday transferga xali ancha yosh deb o'ylayman. Ammo bu u va uning oilasi uchun muhim hayotiy bosqib bo'ladi deb o'ylashi mumkin”.

“Ammo baribir, u qolib, ishlashda davom etsa, va balki keyingi yil, agar o'zi xohlasa, klubni tark etsa yaxshiroq bo'lardi”, - dedi Plit.

Eslatib o'tamiz, “Tottenxem” Beyl uchun 98 million evro va Koetnrauni olmoqchi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru