Devid Bekxemning 22 yoshli o'g'li kutilmaganda futbolni tark etdi. Endi u faoliyatini model sifatida davom ettiradi

Administrator
4 sen 2024, 21:47
Bekxemning o'g'li futboldan ketdi.

Sobiq futbolchi Devid Bekxemning 22 yoshli o'g'li Romeo Bekxem professional futboldagi faoliyatini yakunladi. Romeo "Brentford" klubi bilan shartnomasi tugaganidan so'ng jamoani tark etdi. Ingliz klubi Romeoga shartnomani uzaytirishni taklif qilgandi. 

The Sun nashri bergan ma'lumotga ko'ra Romeo Bekxem Parijdagi yetakchi modellar agentligi bo'lgan Safe Management'ga borib qo'shilgan va endi bor e'tiborini modellikka qaratadi.

Bekxemning o'g'li birinchi marta faoliyatini o'zgartirayotgani yo'q. Romeo yoshligida futbol o'ynagan, shundan so'ng esa tennisga o'tib ketgandi. 2020 yilda u yana futbolga qaytadi va "Inter Mayami" klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Kichik Bekxem o'zining "Inter Mayami"dagi oxirgi mavsumida o'rinbosarlar tarkibida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 10 ta assist qayd etgandi. Shundan so'ng u ijara asosida "Brentford"ga kelib qo'shilgandi.


AdministratorMuallif
Manba: The Sun