Devid Bekxem: "Hech kimni Messi bilan taqqoslab bo'lmaydi, lekin Yamal unga eng yaqini. Ishonamanki, bir kun u Leo bilan tenglasha oladi"

Aslanov Jasurbek
7 may 2025, 20:01
Devid Bekxem Lamin Yamalga yuqori baho berdi.
"Nazarimda, hech kimni Messi bilan taqqoslab bo'lmaydi, lekin u [Yamal] men ko'rgan barcha o'yinchilar ichida unga eng yaqini. Ishonamanki, bir kun u Leo bilan tenglasha oladi. Bunday o'yinchilar 20-30 yilda bir marta paydo bo'ladi.  
U 17 yoshda, lekin allaqachon "Barselona"da 100 ta o'yin o'tkazdi. Men doimo aytganman, bu bolalar hali juda yosh va agar ular etarli darajada kuchli bo'lsa, ular o'ynashi kerak. U "Barselona"da ulg'aydi, akademiyani tamomladi va ajoyib yosh o'yinchiga aylandi", – dedi Angliya terma jamoasining sobiq o'yinchisi va "Inter Mayami"ning egalaridan biri CBS Sports efirida.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports Illustrated