Deulofeu - 33 yil ichida APLda xet-trikka erishgan “Uotford”ning ilk o'yinchisi

APL 27-tur o'yinida “Uotford” safarda “Kardiff” ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mehmonlar safida uchta gol “Barselona” sobiq a'zosi Jerar Deulofeu mualliflik qildi. Natijada Jerar 33 yil ichida APLda xet-trikka erishgan “Uotford”ning ilk o'yinchisiga aylandi. “Uotford” o'yinchisi so'nggi bor APLda 1986 yil xet-trik qayd etgandi.

Ayni damda “Uotford” APL musobaqa jadvalida 40 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.


Manba: Sky Sports