Desham "Manchester Yunayted"ga: "Uning qanday o'yinchi ekanligini ko'ring"

Alisher
19 noya 2020
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham MYU o'yinchisi Pol Pogba bo'yicha "Manchester Yunayted"ga murojaat bilan chiqdi.

Fransiyalik mutaxassis Fransiyaning Shvetsiya ustidan qozonilgan g'alabidan so'ng Pol Pogbani o'ynatish borasida "qizil iblislar"ga murojaat qildi.

"Siz uning nimalarga qodirligini ko'ring. Uning Portugaliyaga qarshi o'yindagi harakatlariga boqing. Men uni juda yaxshi bilaman, qanday o'ynashini ham yaxshi bilaman. 

Unda mag'rurlik, eng avvalo istedod bor. U sizga kerak bo'lgan paytda himoyada ishlashi mumkin, agar hujum kerak bo'lsa ham as qotadi. Pol - yuqori darajadagi o'yinchi", - deydi Desham.


AlisherMuallif
Manba: Get French Football