Depay "Yuventusga tekinga o'tadi. "Barselona" Pyanichning o'yini uchun bonuslarning bir qismini to'lamaydi

Alisher
18 avg 2022
Memfis Depay "Barselona"dan "Yuventus"ga o'tishga yaqin.

28 yoshli Niderlandiya terma jamoasi forvardi kataloniyaliklar bilan shartnomasini bekor qiladi va erkin agent maqomida Italiyaga yo'l oladi.

Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Yuve" Miralem Pyanichning "Barsa" tarkibidagi o'yinlari uchun klubga beriladigan bonuslarning bir qismini rad etadi.

Depay va "Yuventus" hali shartnoma borasida to'liq kelishuvga erishishganicha yo'q.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com