Denni Rouz: "Tottenxem"ga kimligini "Google" orqali qidirishga to'g'ri keladigan o'yinchilar kerak emas"

Tolibjon Qosimov
11 avg 2017, 19:08
"Tottenxem" himoyachisi Denni Rouz klubning transfer siyosati haqida gapirib o'tdi.

"Men jamoada ko'proq yangi o'yinchilarni ko'rmoqchiman. Jahon darajasidagi o'yinchilar kelishini va ular bizni asosiy tarkib uchun kurashishga majbur qilishini xohlayman. Ikki yoki uch nafar yangi futbolchi kelishini istardim. Ular orasida kimligini "Google" orqali qidirishga to'g'ri keladigan o'yinchilar bo'lmasligi kerak. Men "Tottenxem" mashhur futbolchilarni xarid qilishini nazarda tutdim", - dedi Rouz.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Independent