Denis Cherishevning otasi: O'g'ling shunday muhim o'yinda dublga erishsa, bundan ortiq baxt bormi?
Rossiya termasi yarim himoyachisi Denis Cherishev Saudiya bilan o'yinda zaxiradan o'yinga qo'shilib, 2 ta gol urishga erishdi.
Futbolchining otasi Dmitriy Cherishev esa bundan juda ham baxtli. “Men dunyodagi eng baxtli odamman. O'g'ling o'z uyingdagi Jahon chempionatida, shunday muhim o'yinda gol urar ekan, ha yana 2 ta, bundan ortiqroq baxt bormi?”,-deydi Denisning otasi.