Demiralga "Lester" va "Vulverxempton" qiziqqandi. "Yuventus" esa himoyachini 30 mln evroga sotmadi

Alisher
23 iyul 2020
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral APL klublari e'tiborini tortdi.

22 yoshli Turkiya terma jamoasi futbolchisiga "Lester" va "Vulverxempton" klublari qiziqish bildirishgan.

Ammo turinliklar Demiralni sotishni xohlashmayapti. "Yuventus" himoyachi uchun bonuslardan tashqari 30 million evrolik taklifni rad etdi. Qaysi klub bunday taklif bergani ma'lum emas.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira