Dembele Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish qarorini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2023, 16:20
"Al Ittifoq" hujumchisi Mussa Dembele nima uchun "Lion"dan Saudiya Arabistoni klubiga o'tganini tushuntirib berdi.

"Barcha professional qarorlar ko'proq pul topish maqsadiga qaratilgan. Bu professional faoliyatning bir qismi. Ko'proq pul ishlang va gullab-yashnang. Hatto siz jurnalistlar ham ko'proq pul ishlash uchun kanal almashtirasiz. Futbolchilarda alohida narsa yo'q. Qancha ko'p topsam, shuncha ko'p beraman. Malida ota-onamning qishlog'i bor, men u yerdagi odamlarning hayotini yanada qulayroq qilish uchun ko'p narsalarni rivojlantirishni rejalashtirmoqdaman", – dedi Dembele.

27 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum Saudiya Arabistonida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato