Dembele PSJga qachon o'tishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
6 avg 2023
"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele kelasi hafta boshida PSJ bilan shartnoma imzolaydi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, klublar ushbu transferning barcha shartlarini kelishib olishgan. Agarda barcha ishlar joyida ketsa, Parij klubi ertaga, 7 avgust kuni Dembele bilan shartnoma imzolaydi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Fransiya chempionlari Usmon uchun 50 mln evro to'laydi va 5 yillik shartnoma imzolaydi.

O'tgan mavsumda vinger barcha turnirlarda 35 o'yinda qatnashib, 8 gol va 9 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe