

"Messi - geniy, futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi. U bilan o'ynash - men uchun g'urur. Lionel meni bolaligimda ilhomlantirgan va hozir ham ilhomlantirishda davom etmoqda.
U sizga doim eng yaxshi pasni beradi va shu sabab siz yaxshi poziciyada paydo bo'lasiz", - deydi fransiyalik hujumchi.
33 yoshli Messi "Barselona" libosida joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



