Dembele Mbappening PSJdan kyetishi haqida: "U "Real"da o'ynashni orzu qilgandi"

Mirjalol Normatov
31 may 2025
PSJ futbolchisi Usmon Dembele sobiq jamoadoshi Kilian Mbappening jamoadan kyetishi qanchalik ta’sir o'tkazgani haqida gapirdi.

"Balki Kilian bilan biz yanada kuchliroq bo'lgan bo'lardik. Bunday holatda nimalar bo'lib kyetishini bilmaymiz.

Mbappe "Real"da o'ynashni orzu qilardi, PSJ esa o'z yo'lida davom etishi kerak. PSJ Kiliangacha ham bo'lgan, undan keyin ham bo'ladi.

Mbappega omad tilaymiz. Bizning e'tiborimiz faqatgina o'zimizga va mavsumga qaratilgan", - dedi Dembele.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal