Dembele: "Avstraliya agressiv o'yin namoyish qildi"

Mirjalol Normatov
16 iyun 2018
Fransiya terma jamoasi futbolchisi Usmon Dembele Avstraliya termasi ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Raqiblar agressiv o'yin namoyish qildi. Avstraliyaliklar har bir vaziyatda e'tiborli o'ynashdi. Biz esa o'z darajamizda o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Terma futbolchilarining katta qismi yosh va biroz tajribasiz. Yosh futbolchilarning g'ayratidan foydalanib, o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Bizda potencial bor va yuqori saviyali o'yinni ko'rsata olamiz", - dedi Dembele.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport24