

"Ha, Niko Uilyams "Barselona"ga o'tmoqchi. Biz esa u bilan shartnoma imzolashga urinib ko'ramiz. Niko ham boshqa futbolchilar kabi ["Barselona"da o'ynashga] katta xohish bildirmoqda. Agar hammasi joyida bo'lsa, albatta, bitimni rasmiylashtirishga harakat qilamiz", - dedi Deku.
Uilyams 2021 yildan beri "Atletik" sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.



