Dekabr oyida Toshkentda A sertifikati bo'yicha OFK kurslari o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2014
1-28 dekabr kunlari Toshkentda A sertifikati bo'yicha murabbiylar uchun OFK kurslari o'tkaziladi.
Takidlash joiz, mazkur kurslar faqat mahalliy murabbiylar uchun o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur kurslarga OFK instruktori Islom Ahmedov yo'riqchilik qiladi. O'FF Texnik bo'lim boshlig'i Shavkat Imomov kurslarda koordinator vazifasini bajaradi.

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylarga Osiyo futbol Konfederatsiyasi A sertifikatlarini yuboradi. Shundan so'ng O'FF murabbiylarga tegishli bo'lgan licenziyalarni tarqatadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com