De Yong va de Ligtni Barselona aeroportida ko'rishdi

Aslanov Jasurbek
18 may 2019
"Barselona" tez orada "Ayaks"ning yana bir futbolchisini sotib olgani haqida e'lon qiladi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 23 yanvar kuni "Barselona" "Ayaks" yarim himoyachisi Frenki De Yongni xarid qilgani haqida e'lon qilgandi.

Kecha, 17 may kuni de Yong va "Ayaks"ning yana bir futbolchisi Mateys de Ligtni Barselona aeroportida ko'rishdi. Kataloniya klubi de Ligtni sotib olish bo'yicha harakatlarni davom ettirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport