De Yong "Barsa" haqida: "4 yilda bor yo'g'i 3 ta sovrin yutaman deb o'ylamagandim"

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2025
Frenki de Yong "Barselona"ga transferidan ko'proq narsa kutgani haqida gapirdi.

Niderlandiyalik yarim himoyachi Kataloniyaga 2019 yil "Ayaks"dan ko'chib o'tgandi.

"Tan olishim kerak: "Barselona" bilan shartnoma imzolayotganda, 4 yil davomida 1 martadan chempionat va mamlakat kubogi hamda Ispaniya Superkubogida g'olib chiqaman, deb o'ylamagandim.

Men kabi ikki barobar ko'prog'ini kutgandim, shuning uchun ancha tushkun holatdaman. Afsus, bazi narsalarni o'zgartirib bo'lmaydi", – dedi Frenki de Yong "Voetbal"ga bergan intervyusida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo