De Xea van Gal bosh murabbiy bo'lgan paytda MYUdan kyetishni xohlagan

Alisher
8 may 2020, 10:44
"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozabonlar murabbiyi Erik Stili David De Xeaning Lui van Gal sabab 2017 yilda "Real"ga o'tishni xohlaganini aytdi.

"U Lui van Gal qo'l ostida o'ynaganida, biz hammamiz u nega ketmoqchiligini bilgandik. Ular til topisha olishmadi.

Transferlar oynasining so'nggi kuni bo'lmaganida, u "Real"ga o'tib ketgan bo'lardi.

De Xea muxlislar yoki klubdan xafa emasdi, ammo parda ortida nimadir yashiringani aniq edi. Hozir esa hammasi boshqacha.

U yuzida tabbasum bilan ko'rinadi, klub esa rivojlanmoqda", - deydi Stili.


AlisherMuallif
Manba: INews