De Xea: "Liverpul"ni yutish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz"

Mirjalol Normatov
24 fev 2019
"Manchester Yunayted" posboni David De Xea APLning 27-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu Angliyadagi eng katta o'yin. Ikki klub uchun ham, hattoki, muxlislar uchun ham. O'yin "Old Trafford"da bo'lishi esa katta fakt. Ispaniyada hamma "El Klasiko" haqida gapiradi. Manchesterda esa derbidan ham ko'ra, "Liverpul" bilan o'yin katta muhokamalarda bo'ladi. Bugun maydonga faqatgina ikki jamoa chiqadi. Raqibni mag'dub etish uchun qattiq harakat qilamiz", - dedi De Xea.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports