De Xea ketadiganga o'xshamoqda. MYU uning o'rniga nomzod topdi

Mirjalol Normatov
17 okt 2018, 21:50
"Manchester Yunayted" "Barselona" posboni Mark-Andre Ter-Shtegenning transferi borasida ishlamoqda.

"Football Espana" xabariga ko'ra, "Old Trafford"dagilar hozirda David De Xeaning jamoada qolishiga shubxa bilan qarashmoqda. Shu boisdan ular "ko'k-anorranglilar"ning posboni bilan shartnoma imzolash ishlarini olib borishmoqda. Makunianliklar darvozabonni sotib olish uchun 100 mln evro ajratishmoqchi.

Bu taklifga "Barselona" rad javobini bermasligi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana