De Ligt: "Ronaldu - haqiqiy yirtqich"

Aslanov Jasurbek
11 apr 2019
"Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvi natijasi (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Uchrashuv boshidan stadiondagi atmosfera ajoyib edi. Biz bahs startida gol urish uchun bir nechta vaziyatga ega bo'ldik, ammo "Yuventus" tanaffusdan oldin darvozamizni ishg'ol qildi. Ronaldu - haqiqiy yirtqich. U birgina imkoniyatni golga aylantirdi. Krishtianu bir necha futbolchilarga qarshi chiqishdan qo'rqmaydi.

Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. "Ayaks" - katta potencialga ega jamoa. Bugun turnir chorak finaliga tasodifan chiqib qolmaganimizni isbotladik" - deydi de Ligt.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia