De Ligt kecha "Speciya"ga qarshi o'yin oldidan chigalyozdi mashg'ulotlarida jarohat oldi

Alisher
3 mar 2021
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt navbatdagi jarohatni oldi.

Niderlandiyalik futbolchi "Speciya"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan chigalyozdi mashg'ulotlarida jarohat oldi. De Ligt noqulaylik his qildi, shundan so'ng Andrea Pirlo bilan gaplashdi va tibbiy xodimlar o'yinni o'tkazib yuborishga qaror qilishdi.

Matteys dastlab asosiy tarkibga kiritilgan edi, ammo bu voqeadan so'ng Janluka Frabotta dastlabki daqiqalardan harakat qildi.

21 yoshli himoyachi joriy mavsum "Yuventus" safida 21ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia