De la Fuente boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi rekord o'rnatdi

Khoja
16 noya 2025, 09:48
Ispaniya terma jamoasi mag'lubiyatsiz o'yinlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

15 noyabr kuni Luis de la Fuente shogirdlari JCH-2026 saralashi doirasidagi o'yinda Gruziyani 4:0 hisobida mag'lub etib, rasmiy o'yinlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 30 taga etkazdi (oddiy vaqt). La Roxa oxirgi mag'lubiyatini 2023 yilning 28 martida Evro-2024 saralashida Shotlandiyaga qarshi o'yinda (0:2) qabul qilgandi.

Mag'lubiyatsiz o'tkazilgan 29 uchrashuvdan iborat oldingi rekord Visente del Boske shogirdlari tomonidan JCH-2010 va Konfederatsiyalar kubogi-2013 o'rtasida o'rnatilgan edi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com